toza
bilan ulashing
1. Kir, chang, ifloslik va shu kabilardan xoli (xoli qilingan), ozoda, pokiza.
-
Toza idish. Toza kiyim. Toza uy. Toza kiyinmoq.
-
Aʼzoyi badanimni Xoʻp yaxshilab yuvaman.
-
Tirnogʻimni, tishimni Doim toza tutaman. Uygʻun
-
Qoʻllarini toza sochiqlarga artishdi. K. Yashin, Hamza
2. Chang-gʻubordan xoli; begʻubor, sof, musaffo.
-
Toza osmonda yulduzlar charaqlaydi. S. Nurov, Narvon
-
Toza havodan toʻyib nafas oldi. S. Siyoyev, Avaz
-
Har taraf sof, toza maysa-koʻkat Gʻayratiy
3. Aralashmalardan xoli; sof, asil.
-
Toza oltin.
-
Mana bu durmi? Juda toza ekan, Nuri opamda ham bor-a? Oybek, Tanlangan asarlar
-
Gulnor kelgach, u Yoʻlchi bilan qizga shivirladi: — Mana bu juda toza choy. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Xirildoq va shu kabilar kamchiliklardan xoli, jaranglab chiqadigan tovush, ovoz haqida.
-
Oshna ashulalarning dilrabo kuyi, hofizning toza va shirali ovozi Elmurodning yuragiga bahor nashʼalaridek quyildi. Shuhrat, Shinelli yillar
5. koʻchma Dogʻ tushmagan, bulgʻanmagan; sof, pok.
-
Toza vijdon. Toza nom. Toza qalbda dogʻ boʻlmas. Maqol
-
Murzin yanada qizishib, boʻrtib, davom etdi: — Men uni yaxshi bilaman. U yaxshi qiz, koʻngli toza. Shuhrat, Shinelli yillar
6. ravish Juda ham, rosa.
-
Toza charchadik. Sizni toza kutdik.
-
Yigit-qizlar xolaning gaplariga toza kulishdi. N. Safarov, Oliyaxon Sultonova
-
Bechora! Qalligʻini koʻraman, deb toza baloga qolgan ekan! P. Tursun, Oʻqituvchi
7. sheva Yangi.
-
Toza maktab ochsang, kofir deydi, gazeta oʻqisang, dahriy deydi. J. Sharipov, Xorazm
-
Toʻrani olajak toza xotinidan sovitib berasiz. J. Sharipov, Xorazm
-
Matpano: — Tagʻin kelaman, ogʻa, toza gap boʻlsa, yetkazaman, oʻksimay yuring, — deb peshinlatib joʻnadi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
toza soʻzi qatnashgan jumlalar:
Palagi toza
-
[Poʻlat:] Grexovning palagi toza emas. N. Safarov, Sharq tongi
TOZA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТОЗА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
toza so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar