tog‘
bilan ulashing
1. Yer yuzasining tevarak-atrofdagi tekislik, tepalik yoki boshqa balandlikka nisbatan yakka yoki qator holda baland koʻtarilgan, odatda, turli tosh, qattiq jismlardan iborat qismi.
-
Togʻ tizmasi. Togʻ jinslari. Togʻning koʻrki — tosh bilan, Odamning koʻrki — bosh bilan. Maqol
-
Koʻringan togʻning yirogʻi yoʻq. Maqol
-
Lager togʻ tagiga joylashgan. Sharqi-janubiy tomon aylana ketgan togʻ. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Janubdan, keng va yashil bagʻirli Aravon togʻidan allalovchi salqin, sarin shabada esa boshlaydi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Uzoqdan qorayib koʻrinib turgan togʻ oʻrkachiga toʻlin oy minib oldi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Olmosdek serqirra, oftobda choʻqqilari yarqirab turgan baland qorli togʻlar koʻzni oladi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Atrofni osmon-oʻpar togʻlar oʻrab olgan K. Yashin, Hamza
2. Aholi yashaydigan togʻli joy, oʻlka; togʻlik.
-
Oʻrganishda ham gap koʻp. Otaning oʻzi aytdi-ku, u togʻda tugʻilib, togʻda oʻsgan. Ha, u togʻning oʻz odami. S. Anorboyev, Oqsoy
3. koʻchma Narsalarning baland (togʻ kabi) uyumi.
-
Yotib yeyishga togʻ ham chidamaydi. Maqol
-
El xirmonida toʻplanayotgan oq oltin togʻlarining qomati yulduzlar sari boʻy choʻzdi. Gazetadan
4. koʻchma Ogʻir yuk, mashaqqatli ish, tashvish, gʻov va shu kabilar ramzi sifatida qoʻllanadi.
-
Gʻam togʻi. Yelkadan togʻ agʻdarilganday boʻldi.
-
Otabek goʻyo togʻ ostida qolgan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Shuncha tadbir bilan qochgani holda, diplomini esidan chiqarganidan Aʼzamni vahima togʻi yelkasidan bosdi. Shuhrat, Jannat qidirganlar
-
Har goʻshadan oqdi tinmay tilsiz faryod, Bosgan edi balo togʻi — zoʻr istibdod. Gʻayratiy
tog‘ soʻzi qatnashgan jumlalar:
Biri bogʻdan kelsa, biri togʻdan keladi
-
Shokir ota oʻtirgan joyida hassasini yerga doʻq etib urdi, temirchining soʻzidan noroziligini bildirib dedi: — Men bogʻdan gapirsam, sen togʻdan kelasan. Oybek, Tanlangan asarlar
Ishongan (yoki suyangan) togʻi
-
Oyjamol oʻzining suyangan togʻi deb bilgan Polvonning kelishini nihoyatda orziqib kutardi. J. Sharipov, Xorazm
-
Bugun hech ikkilanmay terim mashinalari va uning mexanizatorlarini paxta-korlarning qatordagi nori, suyangan togʻi, desa boʻladi. Gazetadan
Koʻnglini (yoki koʻksini, dilini) togʻ qilmoq
-
Ayniqsa, mana bu yoshlar koʻnglimni togʻ qilib yubordi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Koʻksim togʻ etgan — Vatan sevgisi. Yo, Mirzo
Togʻni ursa tolqon qiladigan
-
Bu yoqdagi qazuvchilar ham Gʻulomjon, Barot polvon, Zamon singari togʻni ursa tolqon qiladigan azamatlar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Togʻ-tosh (togʻ-u tosh)
-
Bu suv togʻ-u toshni toʻldirib yurgan qushlar, kavak-kandiklarda istiqomat qiladigan jonivorlardan ortmas. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Besh kun choʻlda, besh kun koʻlda, togʻda-toshda — qayerda molga oʻt bor desa, borib qoʻngan odammiz-da. Yodgor
TOG‘ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТОҒ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tog‘ so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar