quyi
bilan ulashing
1. ot Past tomon; biror narsadan pastda boʻlgan joy; pastlik.
-
Nasiba turgan joyida piq-piq yigʻlar boshi quyi solinganicha taqdirini qargʻar edi. S. Ahmad, Ufq
-
Yigit chirik ogʻochlar tirqishidan pastga qaradi. Quyida suv simobday miltiraydi. S. Siyoyev, Avaz
2. sifatdosh Past tomonida boʻlgan, joylashgan; pastki.
-
Bashirjon quyi labini tish-lagancha, uyning shiftiga qarab qoldi. N. Aminov, Suvarak
3. Biror sathning yoki sathdagi yoʻnalishning pastida boʻlgan tomoni; etak.
-
Sirdaryoning quyi oqimi.
-
Suvlar oqar quyi tomonga. M. Shayxzoda
-
Bu uy — xizmatkorxona, boyning tashqari hovlisining quyi tomonida shuning uchun koʻzga chalinmas edi. Oybek, Tanlangan asarlar
4. ot Uy, xona va shu kabilarning toʻriga nisbatan past tomoni; toʻrga qarama-qarshi tomon.
-
Uyning toʻriga chirik qora namat tashlangan, quyi tomoni yalangʻoch yer. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Toshboboning taklifidan soʻng dasturxonning quyi tomoniga solingan koʻrpachaga choʻkkaladi. S. Karomatov, Soʻnggi barxan
-
Bir ozdan keyin tortinchoqlikni bilmaydigan Husayn kattalardek eshikdan salom berib kelib, quyiroqqa tiz choʻkdi. M. Osim, Ibn Sino qissasi
5. kam qoʻll. Past; zid. baland.
-
Qabr yoniga tizlagan Otabek va yuqori, quyi doʻmbaygan qabrlar bu tilovatga someʼ kabi edilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
6. koʻchma Mavqe, darajasi va shu kabilar jihatdan boshqasiga nisbatan kichik, past boʻlgan.
-
Quyi tashkilotlar. Quyi lavozim.
-
Birinchi darvozaning ikki biqinida turuvchi qorovul yigitlar oʻrdaning ulugʻ darajali beklarini kuzatar, mansabi quyiroq yasovullar bilan mutoyiba qilishib qolar edilar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
QUYI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУЙИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
quyi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar