kez
bilan ulashing
1. Aylanib yurmoq; sayr qilmoq.
-
Choʻllarda kezmoq. Shaharni kezib chiqmoq. Dengiz sohilida kezmoq. Dunyoni kezmoq.
-
Shukurjon qishloqda bir kun turdi, paxtazorlarni kezdi, onasi bilan buvisining qabrini ziyorat qildi. O. Yoqubov, Ota izidan
-
Oydin oqshomlarda, qishloqning sokin kechalarida Mansur bilan jimgina kezishlar ham, kechalari toliqib dong qotib uxlashlarning ham ajib bir gashti bor edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
2. koʻchma (jonsiz narsalarga nisbatan) Shunday (aylanish, yurish) harakatda boʻlmoq.
-
Zulmat quyuqlashib borar, pastak bulutlar qop-qora etaklarini sudrab, shahar ustida kezib yurar, hamon oʻsha sovuq, loqayd tomchilarini purkar edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Achigan may isi kezgan hovlilarda shamol-daydi, Nimanidir goʻyo izlab, xumlar girdin aylanadi. X. Davron
KEZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЕЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kez so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar