kech
bilan ulashing
1. Biror narsa ustidan bosib (botib) oʻtmoq, yurmoq.
-
Qor kechmoq. Loy kechmoq.
-
Qahraton qishda yalang oyoq muz bosib, saratonda qizgʻin qum kechib, issiqda, sovuqda obdan pishgan bizning yigitni Yoʻlchini ham, katta masofani piyoda bosgani uchunmi, kun xila betoqat qilgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Toʻrvasini apil-tapil yelkasiga ildi-da, shaxdam qadamlar bilan tuproq kechib yoʻlga tushdi. M. Hazrat-qulov, Jurʼat.
2. Yuz bermoq; sodir boʻlmoq.
-
U [Borotoy] boyning uyida kechgan voqealardan xabardor boʻlib turish uchun Shokir otaning kampirini tayinlagan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
U [Qodirov] soʻzlash uchun oʻrnidan turgandayoq, yuragida nimalar kechayotganini payqadim. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
3. Oʻtmoq.
-
Koʻnglidan qanday gaplar kechdi ekan?
-
Yillarimdan xafa emasman, Mehnat, jangda kechdi onlarim. Yo, Mirzo
-
Kasallik kechishiga qarab oʻtkir va xronik formalarga boʻlinadi. H. Fayzullayev, Teri kasalligi nima?
-
U bilan birga kechgan shirin damlarni, dilrabo suhbatlarni eslaydi. T. Ashurov, Oq ot.
4. Afv etmoq, kechirmoq.
-
[Mirzaqul:] Boy ota, Suyarning gunohini men sizdan soʻradim. Keching. N. Safarov, Uygʻonish
5. Bahridan oʻtmoq.
-
Hamma narsasidan kechmoq. Mol-mulkdan kechmoq. Jon doʻsting jonidan kechsa ham, mol doʻsting molidan kechmas. Maqol
-
[Bek:] Xonumonimdan kechaman ammo bu ishni ochmasdan qoʻymayman. A. Qahhor, Bek
6. Yuz oʻgirmoq, aloqa, munosabatni uzmoq.
-
Norozi boʻlishdan nima foyda. Dadangdan kechasanmi? Oybek, Tanlangan asarlar
kech soʻzi qatnashgan jumlalar:
Holi nima (yoki ne) kechdi
-
[Jaynoq:] Oʻtir Nafasingni rostlab ol. Bolalarning holi nima kechdi? N. Safarov, Uygʻonish
Bir qoshiq qonidan kechmoq
KECH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЕЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kech so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar