kecha-kunduz
bilan ulashing
Kechasi va kunduzi, kechasi ham, kunduzi ham; hamisha, doimo; uzluksiz ravishda; tinmay.
-
Kecha-yu kunduz ishlamoq. Kecha-yu kunduz xayolim sizda.
-
Shakarjon aka kecha-yu kunduz ishlab, tandir yasar, baʼzan hammolchilik ham qilardi. T. Obidov, Yusufjon qiziq
-
— Hech xavotir olmang, — dedi Davlatyor peshonasini tirishtirib, — kecha-kunduz oʻylab garang edim. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
[Gulnor:] Yolgʻizman, gʻarib-benavoman, lekin koʻnglim sizda Kecha-kunduz yodingiz bilan yashayman. Oybek, Tanlangan asarlar
kecha-kunduz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Shu kecha-kunduz(da)
-
Shu kecha-kunduzda paxtadan koʻra kitob zarur ekanmi? N. Safarov, Uzoqni koʻzlagan qiz
-
U kishi shu kecha-kunduz millat gʻamida yugur-yugurdan boʻshamay qoldilar. K. Yashin, Hamza
KECHA-KUNDUZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЕЧА-КУНДУЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kecha-kunduz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing