kechik
bilan ulashing
1. Kerakli yoki belgilangan vaqtdan keyin kelmoq, keyin bormoq; kech qolmoq.
-
Ishga kechikmadingizmi?
-
U hozir xotinining nega buncha kechikdingiz, degan soʻrogʻini kutar |edi]. A. Qahhor, Qanotsiz chittak
-
Sevikli kuyovini yoʻlakda koʻrgan Oftob oyim kechikkani uchun nechogʻliq tashvishlar tortib va qandogʻ tushlar koʻrganini [Otabekka] labi-labiga tegmay soʻzlay ketdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Belgili muddatdan keyinga qolmoq, oʻz vaqtida bajarilmaslik.
-
Taʼmir ishlari bu yil bir oz kechikdi.
-
Kechikib ekilgan gʻalla ham, chigit ham, Matqovulning keyin bergan ishlovlariga qaramay, yaxshi unum qilmadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
3. s.t. kam qoʻll. Kech boʻlmoq, kech kirmoq.
-
-Beda oʻrib qoʻyish kerak edi-ku, — boshini qashidi Yormat. — A, kun ham kechikib qolibdi. Oybek, Tanlangan asarlar
KECHIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЕЧИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kechik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar