kecha
bilan ulashing
1. Sutkaning qorongʻi tushgandan tong otguncha oʻtadigan qismi; tun.
-
Oydin kecha. Qorongʻi kecha,
-
— Oyimni bir oydan beri koʻrganim yoʻq. Bir kecha yonida yotishni orzu qilaman, — dedi yengillanib Nuri. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Sidiqjon yoʻlga tushish niyati borligini aytmasa ham, chol bu kecha shu yerda qolishni, erta sahar yoʻlga chiqishni maslahat berdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Biror narsaga bagʻishlangan, odatda rasmiy va badiiy qismdan iborat boʻladigan kechki umumiy yigʻilish.
-
Mehmonlar bilan vakillarning qizgʻin tabriklari, xayrli tilaklaridan keyin kechaning rasmiy qismi tugadi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Kecha oxirida Oʻzbekiston sanʼat ustalari katta konsert qoʻyib berishdi. Gazetadan
3. Bugundan oldingi kun.
-
Kecha sizni kutgan edim.
-
Kecha ertalab, shaharni bir aylanib kelayin, deb chiqib ketgan. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
KECHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЕЧА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kecha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar