muddat
bilan ulashing
1. Vaqtning aniq, biror ish, narsa uchun belgilangan boʻlagi.
-
Oʻqish muddati. Xizmat muddati. Bir yillik muddat.
-
Xayriyatki, shundan sal oldin imtihonlarni muddatidan oldin topshirib tugatgan edi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Shu yigirma besh kunlik bir muddatning ichida u butunlay odamgarchilikdan chiqa yozdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Umuman, vaqtning boʻlagi, qismi (uning qancha vaqt ekanligi maʼlum soʻzlar bilan ifodalanadi).
-
dunyo qoyil qoladigan madrasani tez muddatda qurib bitirishni niyat qilibdi. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
-
Katta maydonga qisqa muddatda oʻgʻit solib ulgurishimizga qoʻlbola mashina-seyalka asqatdi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Bir yil muddatida u Toshkentga ikkinchi marta keldi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Mehmonlar yana bir necha muddat teplitsani aylanishdi. J. Abdullaxonov, Oriyat
3. Biror narsaning bajarilish yoki boʻlish payti.
-
Rejani muddatidan oldin bajarmoq.
-
U Zamiraning sessiyani muddatidan oldin va aʼlo yakunlaganini bilardi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Tomoshani muddatidan oldin qoʻysam — qutulmasam, kech qoʻysam — qutulmasam Mushtum
muddat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir muddat boʻlsa
-
Shamsi Toʻrayevich bir muddat sukut saqlab qoldi. N. Aminov, Suvarak
-
Qoramtir tutun bir muddat ichida burqib, osmonga oʻrladi. Saodat
MUDDAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУДДАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
muddat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar