yaqinlash
bilan ulashing
1. Biror kimsa yoki narsa yaqiniga bormoq yoki kelmoq.
-
Toqqa yaqinlashmoq. Shaharga yaqinlashib qoldik.
-
Zaynab ham kulumsiragan holda Kumushga yaqinlashib keldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
U shunday oʻychan, parishon holatda buloqqa yaqinlashdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Otlar turgan joyga yaqinlashganda, otlarga qorovullik qilib turgan ikki odam ham koʻrindi. S. Ayniy, Qullar
2. Biror ish, hodisa yoki voqeaning yuz berishiga oz vaqt qolmoq, vaqt jihatidan yaqin kelmoq.
-
Yangi yil yaqinlashib qoldi.
-
Vaqt xuftonga yaqinlashgan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Dahshatli minutlar nafas sari yaqinlashib qolmoqda edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. Miqdor bildiruvchi soʻzlardan keyin kelib, oʻsha miqdorga yetishga ozgina fursat qolganligini bildiradi.
-
[Olimjonning] Yoshi oltmishga yaqinlashgan boʻlsa ham, odamlar ellikdan ortiq berolmaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Mana, institutni bitirib, shu qishloqqa kelib ishlay boshlaganiga uch yilga yaqinlashdi. S. Anorboyev, Oqsoy
4. Doʻstona, yaqin munosabatda boʻlmoq, doʻstlashmoq.
-
Serjant Saken Ramzatovning qiz bilan yaqinlashib qolishi uning gʻashini keltirdi. A. Muhiddin, H. Tojiboyev, Otash qalbli qiz
yaqinlash soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oy-kuni yaqinlashmoq
-
Gʻanijon xotini homilador boʻlganda ham, bolani koʻtarib yurganda ham, oy-kuni yaqinlashib qolganda ham, bunga qishloqda har kuni, har yerda boʻlayotgan va boʻladigan hodisa deb qaragan edi. A. Qahhor, Karavot
YAQINLASH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЯҚИНЛАШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yaqinlash so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar