yaqin
bilan ulashing
1. Oraliq masofa uncha katta boʻlmagan, uzoq emas.
-
Eng yaqin yoʻl — shu. Shaharga yaqin bir qishloqda yashaymiz. Bir-biriga yaqin uylar. Qozonga yaqin yursang, qorasi yuqar. Maqol
-
Qirgʻoqqa yaqin yerda toʻrt qoziq ustida kattakon bir qayiq turar edi. A. Qahhor, Xotinlar
-
Toʻnkalar juda koʻp, ham bir-biriga juda yaqin. Yer esa tosh-metin. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Nutq soʻzlanayotgan paytdan vaqt oraligʻi uncha katta boʻlmagan.
-
Yaqin fursatda diydor koʻrishmoqni orzu qilamiz. Yaqin kelajakda bu yerlar shaharga aylanadi.
-
Ha, aytganday, ustoz shu yaqin kunlarda urugʻchilik sovxoziga kelar ekanlar. Xat oldim. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
3. Biror hodisa yoki voqea yuz berishiga oz fursat qolganda, maʼlum bir vaqt kelishi oldidan.
-
Kechga yaqin mehmonlar kelishdi. Saharga yaqin yoʻlga tushdilar. Ish bitishiga yaqin qoldi.
-
U endi, iloji boʻlsa, munosib kishiga Gulnorni hozirdan unashtirib, fotiha oʻqib, toʻy-nikohni bahorga yaqin oʻtkazmoqchi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Toʻyga yaqin qolganda, kelin koʻchaning boshidagi atelyega koʻylak buyurgani kelgan ekan. A. Qahhor, Toʻyda aza
4. koʻchma Doʻstona munosabatda boʻlgan, qadrdon, mehribon.
-
Yaqin oʻrtoq. Yaqin doʻst.
-
Qiziq odam ekansiz, dedingiz. Ammo doʻstingdan, yaqin bir odamingdan toʻsatdan shunday gap eshitish menga, albatta, ogʻir. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Nazarida, notanish yigit allakimga, juda-juda yaqin odamga oʻxshatayotgandek. A. Muhiddin, H. Tojiboyev, Otash qalbli qiz
-
Mehmonlarni toʻy egasining yaqinlari hurmat va sertakalluflik bilan kutib olishardi. O. Husanov, Shinavanda
5. Nimasi bilandir oʻxshash yoki deyarli bir xil.
-
Havosi bir-biriga yaqin. Maʼnosi bir-biriga yaqin soʻzlar.
-
1287 yilning sunbula oyi, yaʼni erta kuzning koʻklam havosiga yaqin bir kuni. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
6. Taxminan, qariyb.
-
Oradan yaqin ikki yil oʻtgandan keyin Avliyootaga Buvaydadan bir odam borib qoldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Bir kuni ikki kishining soʻrogʻi yaqin toʻrt soat vaqtni oldi. A. Qahhor, Sarob
7. (3-shaxs egalik va joʻnalish, oʻrin-payt va chiqish kelishiklari shaklida yaqiniga, yaqinida, yaqinidan) Koʻmakchi vazifasida qoʻllanadi va makon munosabatlarini bildiradi.
-
Raʼno kelinlarcha Anvarga salom qildi va jazb qilgandek, Anvarning yaqiniga borib toʻxtadi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Bu ikki xonalik uy yangi qurilayotgan maktab yaqinida H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
yaqin soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yaqin oʻrtada (yoki orada)
-
Yaqin oʻrtada choyxona bormi?;
-
[Yoʻlchi:] Tohir aka, qoʻying siz tabiblarni. Menga qolsa, maslahat shu: mana yaqin oʻrtada bahor, siz qirga chiqing, koʻkragingizga toza shamol tegadi. Oybek, Tanlangan asarlar
Oʻzini [birovga] yaqin olmoq (yoki tutmoq)
-
Meni sevadimi? Chindan sevadimi yoki musofirlikning diqqinafasligidan oʻzini menga yaqin tutib yuribdimi? Shuhrat, Shinelli yillar
YAQIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЯҚИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yaqin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar