yaproq
bilan ulashing
1. Oʻsimliklarning havodan oziqlanish va gaz almashinish uchun xizmat qiluvchi, odatda yupqa varaqcha shaklidagi asosiy vegetativ aʼzolaridan biri; barg.
-
Yashil yaproqlar. Kuzgi yaproq. Gullar yaproq chiqardi. Daraxt — yaprogʻi bilan koʻrkam, odam — mehnati bilan. Maqol
-
Hademay karnaygullar iplarga chirmashib, katta-katta yaproqlar otdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Kuzdan darak beruvchi sargʻaygan yaproqlar yoʻl ustida, ariq boʻyida yotardi. J. Sharipov, Saodat
2. Bir boʻlak yupqa narsa haqida.
-
Bir yaproq qazi.
-
Holvafurush tokchadagi qalin bir kitobni ochib, uning orasidan bir necha yaproq yap-yangi, shaldiroq qogʻoz olib uzatdi. Oybek, Navoiy
YAPROQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЯПРОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yaproq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar