psixologiya
bilan ulashing
1. Inson faoliyati va hayvonlar xatti-harakatida borliqning aks etishini, ruhiy jarayonlar, hodisalar va xislatlarni oʻrganuvchi fan.
-
Elmurod institutda psixologiyadan leksiya tinglar ekan, professor Ivanov: Kishi xarakterini belgilovchi omillardan biri uning nutqi, — degan edi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Boʻlgʻusi pedagoglar praktika jarayonida pedagogika va psixologiyaning dolzarb masalalari ustida ish olib boradilar. Fan va turmush
2. Biror faoliyat bilan bogʻliq boʻlgan psixik jarayonlar majmui.
-
Mehnat psixologiyasi. Sanʼat psixologiyasi.
-
Ranglarga munosabatda ham xalq psixologiyasi namoyon boʻladi. OʻTA
-
Ijod psixologiyasi faqat kitobxonlarni emas, adabiyotshunoslarni ham qiziqtiryapti. U. Normatov, Talant tarbiyasi
3. Kishining ichki dunyosi, kechinmalari, xarakter xususiyatlari, ruhiy holati.
-
Otaxon shoirlarimiz bolalar qalbi va psixologiyasini, maʼnaviyatini ochish orqali ularning betakror shaxsiyatini ulugʻladilar. Fan va turmush
-
Hayotning oʻzi ana shu dunyoqarashlar, psixologiyalar, daʼvolar orasidan oʻtishga majbur qilmoqda. Gazetadan
PSIXOLOGIYA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПСИХОЛОГИЯ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
psixologiya so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar