chop
bilan ulashing
1. 1 Biror yoʻnalishda oyoqlar bilan juda tez harakat qilmoq, yugurmoq.
-
Koʻpincha Azizxon smenadan chiqardi-yu, adir yoqalab Qirgʻizovulga chopardi. S. Ahmad, Ufq
-
Katta tezlik bilan qiyalab chopayotgan Fozil aka duch kelgan xarsangdan hatlayotib, qoqilib tushibdilar. M. Xidir, Qirgʻoqlar
2. Otga mingan holda uni yugurtirmoq.
-
Buvisi buvasi bilan yonma-yon ot chopib, dushman bilan olishgan ekan. Oʻ. Umarbekov, Boboyongʻoq
3. Koʻpkari musobaqasida qatnashmoq, ishtirok qilmoq.
-
Uloq chopmoq.
-
Koʻpkarini chopib yotir Oʻn ikki mingcha boybachcha. Gulshanbogʻ
4. koʻchma Biror maqsadni amalga oshirish uchun tegishli joylarga bormoq, harakat qilmoq.
-
— Uyoqqa chopdim, bu yoqqa chopdim, oxiri ishimni bitirdim, — dedi xola. Gazetadan
5. Irgʻimoq, oshmoq (erkak hayvon haqida).
chop soʻzi qatnashgan jumlalar:
Baxti (yoki omadi) chopmoq
-
Oʻylab koʻrsam, ukam, baxting chopibdi. Oysuluv
-
Ayollar bobida omadim chopmagan. M. M. Doʻst, Lolazor
Betga (yoki yuzga) chopmoq
-
Bechora Zebi Qanchadan-qancha zahru zaqqum yutdi-yu, hech kimning rahmi kelmadi. Yordam qilish oʻrniga, yuziga chopdilar, noloyiq xotin, qoʻshnimizning tengi emas, dedilar. Sh. Rashidov, Qudratli kuch
Koʻngli chopmadi
1. Tigʻli asboblar bilan zarb berib parchalamoq, yormoq, kesmoq.
-
Sevargul xayoli chalgʻib, tashqariga quloq soldi: onasi goʻshtkundada goʻsht chopyapti. N. Qilichev, Chigʻiriq
-
[Tolibjonning qoʻshnilaridan ] Biri xodalarning poʻstlogʻini shiladi. Biri poytesha bilan toʻsin chopadi. S. Ahmad, Jimjitlik
2. Tigʻli asboblar bilan zarb berib oʻldirmoq, kesmoq.
-
Yurtdan ayrilganni yov chopar. Maqol
-
Odamlar gʻuj boʻlib, bir-biriga nayza sanchar, qilich bilan chopar edi. M. Osim, Karvon yoʻllarida
3. Oʻsimlik tagi va atrofini, umuman, yerni ketmon va shu kabilar bilan ishlamoq, yumshatmoq; chopiq qilmoq.
-
Gʻoʻzalarni chopmoq.
-
Ketmon chopdim, ter toʻkdim, Arpa, bugʻdoy — don ekdim. Q. Muhammadiy
-
Oyim molga qaraydi qulupnay pushtalarini chopadi, tert qoradi. Oʻ. Hoshimov, Ikki eshik orasi
CHOP so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧОП so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chop so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar