qorong‘i
bilan ulashing
1. sifatdosh Qorongʻilik bosgan, qorongʻilikka choʻmgan, ziyodan, nurdan mahrum boʻlgan; zid. yorugʻ.
-
Qorongʻi kecha. Qorongʻi uy.
-
Uzun, qorongʻi yoʻlakdan chiqqach, Unsin toʻxtadi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Darcha ochilishi bilan qorongʻi hujraga sovuq yopirilib kirdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Uyning ichi qorongʻi. Hamma shirin uyquda. Yoshlik
2. ot Yorugʻlik, ziyo boʻlmagan payt, holat; qorongʻilik, zimiston.
-
Tun qorongʻisi. Tong qorongʻisi. Qorongʻi tushdi.
-
Oy hali chiqmagan, faqat uning zaif nuri qorongʻidan qoʻrqqandek yilt-yilt etib ketadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Yormat qorongʻida yiqilib-surilib, ellikboshining uyiga keldi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. koʻchma Aniq emas; noaniq, nomaʼlum.
-
Suhbat kim haqida va nima haqida borganligi qorongʻi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Lekin bizga komissiya nimalarga asoslanib shu fikrga kelganligi qorongʻi boʻlib qoldi. S. Zunnunova, Olov
4. koʻchma Noaniq va yoqimsiz, boʻlmagʻur.
-
Kechqurun Gulnor oʻz uyiga qaytarkan, yoʻl-yoʻlakay hasratda yonib, qorongʻi xayollarga chulgʻandi Oybek, Tanlangan asarlar
-
— Inim, — dedi Abdukarim aka Botiralining qoʻlini qoʻyib yubormasdan, — boʻlisimizning qorongʻi ishlari koʻp. H. Gʻulom, Mashʼal
5. koʻchma Roʻshnolik, yaxshilikdan xoli; zid. yorugʻ.
-
Dunyo shunday yasalgan ekan, bolam. Birovga yorugʻ, birovga qorongʻi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Qahramonlar bir-biriga yetishishni, qorongʻi yurtimizni ilm chirogʻi bilan yoritish yoʻlida birga ishlashni orzu qiladilar. Gazetadan
qorong‘i soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boshi qorongʻi
Dunyo (yoki jahon) koʻziga qorongʻi
-
Munavvar uch kunlik kelinligida bir gap eshitdi-yu, bu dunyosi koʻziga qorongʻi boʻlib ketdi. S. Anorboyev, Mehr
-
Mashaqqatli yurishlardan zerikkan xotini gʻingshiyverib, doim uning joniga tegar, koʻziga dunyoni qorongʻi qilardi. M. Osim, Iskandar va Spitamen
QORONG‘I so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚОРОНҒИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qorong‘i so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar