qorish
bilan ulashing
1. Qormoq feʼlining birgalik nisbati.
2. Bir-biriga aralash, qoʻshilgan, birlashgan holga kelmoq.
-
U qor, tuproq qorishib, atalasi chiqqan maydonda choʻzilib qoldi. S. Anorboyev, Hamsuhbatlar
3. koʻchma Aralashib, qoʻshilib, bir boʻlib ketmoq; aralash-quralash boʻlib, farqini yoʻqotmoq.
-
Gap qorishib ketdi. Fikr qorishib ketdi.
-
Uning miyasida ola-quroq mulohazalar qorishib ketdi. Sharq yulduzi
4. (joʻnalish kelishigi bilan) Belanmoq, boʻyalmoq, botmoq.
-
Loy va tuproqqa qorishgan jangchilarni tanimoq qiyin edi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Tanish zangori durra tuproqqa qorishib yotibdi. X. Ahrorova, Orifning davlati
-
Ulim bilan olishganlarning, Jangda qonga qorishganlarning haykalidir! E. Rahim.
5. koʻchma Ovora, band boʻlmoq; kuymanmoq (biror ish-yumush bilan).
-
Kumushbibi oshxona yumushi bilan qorishib yotgan onasining oldiga bordi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
[Turun:] Obbo, Muhabbat-ey Rosa mehnatga qorishib qolibsiz-da, a? Muncha oʻzingizni urintirmasangiz? N. Safarov, Hayot maktabi
-
Roʻzgʻor ishlariga qorishib ketishi ham uncha sezilmas, aksincha, ovutganday boʻlardi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
6. koʻchma Bosh suqmoq; suqilmoq, aralashmoq, qotishmoq.
-
Janjal boʻlsa, qorishmam. Hamza
-
Sen bu ishga ikkinchi marta qorishma. Oybek, Tanlangan asarlar
QORISH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚОРИШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qorish so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar