qori
bilan ulashing
1. Qurʼonning barcha suralarini yod olgan va ularni qiroat bilan oʻquvchi shaxs.
-
Qurʼonni boshdan-oyoq yod olgan qorilar roʻza oyida pul ishlab qoladilar. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
-
Qozi yonidagi Asad qoriga yuzlandi: — Imom domla, oʻqing-chi, nima bitibdi buyonga. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Fotiha tortilgandan soʻng, qutidor va Oftob oyim qoriga pul berdilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Koʻzi ojiz, koʻr kishi (hurmat yuzasidan ularni shunday ataydilar).
-
Tayoq yoʻl koʻrsatar aʼmo qoriga, Ul ham koʻngan qismatida boriga. Erali va Sherali
QORI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚОРИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qori so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar