qoracha
bilan ulashing
1. Qoraga moyil; qoratoʻr(i), qoramagʻiz.
-
Oʻzi qoracha boʻlgani uchunmi, bu xol tezda koʻzga tashlana qolmasdi. S. Zunnunova, Olov
-
sepkilli, qoracha yuzi sal-pal pardozlangan. N. Aminov, Qahqaha
2. tarixiy Oʻrta asrlarda aholining zodagon boʻlmagan tabaqasi.
3. etn. Ayrim turkiy xalqlarda urugʻ nomi (masalan, oʻzbeklarning qatagʻon, laqay, qirq, saroy qabilalari tarkibida qoracha urugʻi boʻlgan).
4. sheva Qora, avom xalqqa mansub kishi.
-
U shu yoshga kelib, nainki xudoga, hatto buni — qoracha, sevgilisini — xoʻja deb, bir-birlarining qovushishlariga yoʻl bermay kelgan urf-odatlarga ham til tegizmagan edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
QORACHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚОРАЧА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qoracha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar