qorin
bilan ulashing
1. Tananing qorin devori bilan qorin boʻshligʻidan iborat pastki, ovqat hazm qilish aʼzolari, yana baʼzi boshqa aʼzolar joylashgan qismi.
-
Normat ancha yergacha qorni bilan sudralib bordi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Qorni solingan biyalar yelinlarini tirsillatadi. A. Qodiriy, Kichik asarlar. U oʻtirgan yerida qornini ushlab, qotib-qotib kuladi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
2. s.t. ayn. Qorin boʻshligʻi.
3. s.t. ayn. Meʼda, oshqozon.
-
Och qoringa tushgan oʻtkir may viz ettirib qaynatdi-da, tomoq ostini lovullatmoqqa oldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Hozir qoʻy-qoʻzilar kuni bilan qorinlariga yiqqan ovqatlarini, bamaylixotir yotib, kavsh qaytarayotgandir. S. Anorboyev, Oqsoy
4. Hayvonlarning masalliq sifatida yoki idish sifatida ishlatiladigan shu aʼzosi.
-
Ichak, qorin goʻsht boʻlmas, Dushman aslo doʻst boʻlmas. Maqol
-
Bir qorin moyni bir qumaloq chiritar. Maqol
-
Toshxol bugʻlanib turgan oʻpka, jigar, buyrak, qorinlarni pichoq bilan non ustiga olib qoʻygach, barmoqlariga pufpuflab toʻgʻray boshladi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
-
Xurjunning ikki koʻzini toʻlgʻazib, qorinda moy keltiradigan qishloqi murid Tillaboy kelib ketdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
5. koʻchma Tirikchilik, yeyish-ichish; qursoq, jigʻildon, nafs.
-
U faqat qornini oʻylaydi.
-
Matqovul aka, men non toparmikanman, deb qorin gʻamida maktab ochganim yoʻq. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Hadeb qorinni oʻylash kerak emas. S. Siyoyev, Yorugʻlik
6. koʻchma Qumgʻon, choydish, optova, xum, koʻza kabi idishlarning narsa solinadigan, tashqariga qappayib chiqqan keng, yoʻgʻon qismi.
-
Butilkaning qorni. Koʻzaning qorni. Samovarning qorni. Choynakning qorni.
-
Hamisha Qodirovning stolida qorni katta grafin suv bilan toʻla turardi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
7. Baʼzi cholgʻu asboblarining oʻyib yoki boshqa yoʻl bilan ishlanadigan ichi boʻsh qismi (asbobning dastaga ulanadigan, ovoz beradigan qismi).
-
U ayanchli bir vaziyatda qorakuya boʻlib kuyib, qornining yuz taxtasi oʻyilib tushgan dutorni qoʻliga oldi va boshini asta koʻtardi. N. Fozilov, Diydor
-
Odam qancha och boʻlsa, shuncha yaxshi ishlaydi, dutorning ham qornini teshilmasa, jaranglamasdi Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
8. so‘zlashuv tili Ich, bachadon.
-
Menam qoʻzilarni onasining qornidan tushishi bilan ajratganim yoʻq. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Uyimizning toʻri seniki. Tor qornimga siqqan, keng uyimga sigʻmaysanmi? Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
qorin soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qorin boʻshligʻi
Qorni och
Qorni ochmoq
-
— Rost, qornim ochdi, — dedi Turgʻunboy peshonasidan terlarni sidirarkan. T. Ashurov, Oq ot
-
Qornim ochsa temir tovogʻimga ozgina-ozgina sut sogʻib olaman S. Siyoyev, Yorugʻlik
Qorni toʻymoq
-
Qornim nonga toʻymayapti, biror ish topib ber. T. Ashurov, Oq ot
Qorni toʻq
-
Qorni och bilan qorni toʻqning nima ishi bor?
Bir qorindan talashib tushgan
Onasining qornida
-
U kelganda, sen chaqaloqmiding yo onang qornidamiding Oybek, Tanlangan asarlar
-
Mening ustimdan ariza yozadiganlar onasining qornida, afandim. P. Tursun, Oʻqituvchi
Onasining qornida yotganday
-
Xotirjam boʻl, kiyikchang xuddi onasining qornida yotganday rohat qilyapti. H. Nazir, Yonar daryo
Qorin piyoz (ning) poʻsti boʻldi
-
Mening qornim piyozning poʻsti boʻlib ketdi. V. Gʻofurov, Vafodor
Qorin solmoq (yoki qoʻymoq, tashlamoq)
-
tezda qorin qoʻyib, koʻzoynak taqdi. Mirmuhsin, Umid
-
Mashinadan oʻrta yoshlardagi, sal qorin tashlagan bir kishi tushdi. S. Ahmad, Choʻl burguti
QORIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚОРИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qorin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar