lafz
bilan ulashing
1. kitobiy Soʻz, kalima; til.
-
Birdan erining shoshilmay, ochiq chehra, shirin lafz bilan kirib kelgani Oysha xolaga nashʼa qilib ketdi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
-
Bularning lafziga quloq solib turgan Lolaxon oʻzini tutolmay otiladi. U. Ismoilov, Saylanma
2. koʻchma Berilgan vaʼda, ahd, soʻz.
-
Hozir Nodirning yuragida nomus oʻti, yigitlik lafzi, oriyatidan koʻra xudbinlik, oʻjarlik ustun turardi. Sh. Gʻulomov, Yorqin ufqlar
-
Paxtakorning odaticha shunday: soʻz berdingmi, lafzingda tur! P. Shermuhamedov, Piskentlik pahlavon
lafz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Lafzi tez
-
Kumushingizning feʼli-avtori oʻzimga maʼlum: erka oʻsgan, lafzi tez. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Lafzi yoʻq
Lafzi halol
-
Lafzi halol, quroldosh doʻstlar Oʻrinlaydi ahd-u paymonni. Yo, Mirzo
Lafzini yutmoq yoki lafzidan qaytmoq
LAFZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЛАФЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
lafz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar