sot
bilan ulashing
1. Pulga ayirbosh qilmoq, belgili kelishilgan pul evaziga bermoq.
-
Arzon sotmoq. Qimmat sotmoq. Pulga sotmoq. Oʻz narxiga sotmoq.
-
— Yoʻlingdan qolma! — dedi u Zulfizarga oʻqrayib. — Sendaqalarga sotadigan uzumim yoʻq! K. Yashin, Hamza
2. koʻchma nafr. Sotqinlik, xoinlik qilmoq.
-
Doʻstini sotmoq. Vatanni sotgan er boʻlmasalan Maqol
sot soʻzi qatnashgan jumlalar:
Sotib olmoq
-
Bizning Qalandar boy kuz-da kambagʻallarning paxtasini arzon-arzon sotib olib, saroyiga bosib qoʻyadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Qambarali akani sotib olgani kuchingiz yetmasa kerak. Miltiq bilan boʻlmadi, endi pul bilan raxna solmoqchimisizlar. A. Qahhor, Qoʻsh-chinor chiroqlari
-
Har kuni ahvol shu. Qayerda maishat, koʻpkari boʻlsa — shuniki. Urish-janjalni-ku, izlab yurib sotib oladi, laʼnati. N. Fozilov, Oqim
Gap sotmoq
Safsata sotmoq
SOT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СОТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sot so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar