cho‘l
bilan ulashing
1. Oʻsimlik juda kam oʻsadigan, doimiy quruq va issiq iqlimli, suvsiz bepoyon dasht; sahro, biyobon.
-
Qizilqum choʻllari. Qaqroq choʻl. Boysun choʻli. Toma-toma koʻl boʻlur, Hech tommasa, choʻl boʻlur. Maqol
-
Poyezd Malik choʻli bagʻrini tilib borardi. N. Aminov, Qahqaha
-
Men bu choʻllar qoʻynida tugʻilib topdim kamol. A. Oripov
-
Choʻl shamollari, jumladan, garmsel havoni quruqlashtiradi. Fan va turmush
2. koʻchma kam qoʻll. Tashna, zor.
-
Bolaga choʻl xotin.
CHO‘L so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧЎЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
cho‘l so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar