cho‘kkala
bilan ulashing
1. Oyoqlarni tizzadan bukib, tiz va oyoq kaftlariga tayanib oʻtirmoq, choʻkka tushib oʻtirmoq, choʻkka tushmoq.
-
Sulton piyon gilamga choʻkkalab, mayin, ingichka ovozda gap boshladi. N. Aminov, Qahqaha
-
Oysara shoshilmay borib, beshik yoniga choʻkkaladi. Oʻ. Hoshimov, Ikki eshik orasi
-
Zulxumor yerda choʻkkalab oʻtirganicha, atrofga alangladi. M. Mansurov, Yombi
2. Biror narsa taʼsirida oyoqlari bukilib, tizzalarga tayanib qolmoq, tiz choʻkmoq.
-
Dadam, birov oyogʻidan chalib yuborgandek, choʻkkalab qoldi. Oʻ. Hoshimov, Ikki eshik orasi
-
Oʻsha zahoti oyimning qoʻlidan kapgir uchib ketdi. Boshidagi jun roʻmoli yelkasiga tushib, qorga choʻkkalab qoldi. Oʻ. Hoshimov, Ikki eshik orasi
CHO‘KKALA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧЎККАЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
cho‘kkala so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar