qorovul
bilan ulashing
1. Biror obyektni qoʻriq-lovchi qurolli shaxs, shaxslar guruhi; posbon, soqchi.
-
Oʻrda qorovuli.
-
Podshoning Buxoroga kelishi munosabati bilan koʻchalar tozalangan, qorovul-u yasovullar yoʻllarga tinmay suv sepishardi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Ark qorovullari kiyimlarini yechib, koʻrpalariga choʻzildilar. S. Ayniy, Doxunda
2. Biror obyektga ziyon-zahmat yetkazmaslik, unda tartib-intizom va shu kabilarni saqlash uchun, qoʻriqlash uchun qoʻyiladigan shaxs; qoʻriqchi.
-
Oʻrmon qorovuli. Bogʻ qorovuli. Koʻcha qorovuli.
-
ToshMI darvozasi oldida qorovul ularni toʻxtatdi. Oʻ. Umarbekov, Yoz yomgʻiri
-
Mozorni qirtishlab tozaladi. Goʻriston qorovuliga pul berib, qurʼon tilovat qildirdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. Kuzatib, ogoh boʻlib turuvchi.
-
Umrzoq koʻprikning narigi chetida qorovul boʻlib turish uchun ketdi P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Lekin ellikboshi Yoʻlchining iziga qorovul tushirganligidan xabardor boʻlgan Qoratoy Yoʻlchining tadbirlarini maʼqul koʻrmadi. Oybek, Tanlangan asarlar
4. harb. Biror obyektni saqlash, muhofaza qilish vazifasi yuklatilgan harbiy boʻlinma.
-
Garnizon qorovuli.
-
Qoq yarim kechada qorovullar trevoga koʻtarishdi. Oybek, Quyosh qoraymas
5. Nishonga olish uchun miltiq, pistolet kabi qurollarning stvoli uchiga oʻrnatilgan boʻrtiqcha; mushak.
-
Ahmadjon shoshmasdan miltigʻini oʻngladi. Uzoqdan dumsiz kaltakesakka oʻxshab koʻringan fashistni qorovulga qoʻndirib, tepkini bosdi. A. Qahhor, Oltin yulduz
QOROVUL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚОРОВУЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qorovul so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar