qorong‘ilash
bilan ulashing
1. Qorongʻilik choʻkmoq, tushmoq; qorongʻi holat yuzaga kelmoq.
-
Oqshom tushib, tashqari qorongʻilashib qolgan, gupullatib yirik-yirik qor yogʻardi. Gazetadan
-
Uch quloch ilgarilash bilan ungur ichi ancha qorongʻilashdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Koʻkda sayohat qilib yurgan oy bulutlar ortida qoldi. Butun oʻrmon va keng dalalar qorongʻilashdi. I. Rahim, Chin muhabbat
2. koʻchma Noaniqlashmoq, xiralashmoq; chigallashmoq (maʼno, tushuncha va shu kabilar haqida).
-
Masala oydinlashmadi, balki yanada qorongʻilashdi.
-
Bahorning fikri qorongʻilashdi-yu, koʻz oldini tuman chulgʻadi. Sh. Rashidov, Qudratli toʻlqin
qorong‘ilash soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻz oldi qorongʻilashdi
-
Chol oxiri holdan toyib, koʻz oldi qorongʻilashdi-da, suv aralash loyga yiqildi. J. Sharipov, Xorazm
Koʻziga dunyo (yoki olam, jahon) qorongʻilashdi
-
Ziyodilla qamoqqa olingandan keyin, olam koʻziga butkul qorongʻilashdi. H. Gʻulom, Mashʼal
QORONG‘ILASH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚОРОНҒИЛАШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qorong‘ilash so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar