kam
bilan ulashing
1. Talab, meʼyor yoki odatdagiga nisbatan miqdori yetarli boʻlmagan; oz.
-
Kam yerli dehqon ( tar.
-
Chorshanba kuni dalaga qoʻsh chiqishi kerak. Lekin, haqiqatga qaraganda, ulovimiz kam. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Umuman, miqdori oz, koʻp emas.
-
Gapni kam soʻzla, ishni koʻp koʻzla. Maqol
-
Tibbiyot ilmida kam uchraydigan voqea. T. Murod, Ot kishnagan oqshom
-
Kapsanchilarda chakka oʻtmagan uy kam qoldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
3. Egalik shaklidagi ayrim soʻroq olmoshlari bilan qoʻllanib, qiyoslanuvchi shaxs yoki narsadan kamchiligi yoʻq ekanlik maʼnosini ifodalashga xizmat qiladi.
-
Boshqalardan nimasi kam?! Undan qayeri kam?
-
[Kimsanoy] Gʻayratli, oriyatli juvon edi. Mana, Kanizak zveno boʻlar emish, Kimsanoyning Kanizakdan nimasi kam? A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Oʻsha lattadan kam joyim bormi?! Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
4. Yetishmay turgan, kerak boʻlib turgan.
-
— Keling, keling, Shorajab, — dedi qalandarga qarab Safar, — bir siz kam edingiz. S. Ayniy, Qullar
5. ot vzf. Yetishmovchilik, yetishmagan narsa.
-
Kamini toʻgʻrilamoq.
-
Sizning davlatingizda yeyish-ichishdan, aysh-ishratdan kamim yoʻq. Ertaklar
6. so‘zlashuv tili Sonlar bilan birga kelib, muayyan miqdorning toʻlishi uchun oʻsha miqdorga oʻzi qoʻshilib kelgan son bildirgan miqdor yetishmasligini bildiradi.
-
Bir kam qirq. Bobom ikki kam toʻqsonga kirdi.
-
Bir kam oʻttiz boʻlak boʻlib, toʻp boʻlib, hindiga teging. Goʻroʻgʻli
7. Baʼzi soʻzlarga birikib, qoʻshma soʻz yasash uchun xizmat qiladi:
-
kamgap, kamdaromad, kamhosil va boshqalar
kam soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir kami
-
Bu nimasi? Bir kamim ot yetaklab yurish qoluvdi? Gazetadan
Kam boʻlmang
-
Xoʻsh, qizim, tabriklarimni qabul qiling ich-ichimdan xursandman, ilohim, kam boʻlmanglar. L. Rashidov, Boʻrondan kuchli
Kam boʻlmaslik
-
ayniqsa, ota-onasining gapiga kirib, oʻzining kam boʻlmaganligi haqida ancha koʻpirib, koʻp gapirdi. K. Yashin, Hamza
-
Undoq dema, qizim! Gapimga kirib, kam boʻldingmi? [hovlini koʻrsatib] Mana! A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Bizga quloch bilan qoʻl bersang, kam boʻlmaysan. Mushtum
KAM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kam so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar