kamalak
bilan ulashing
1. Qattiq yogʻochning bir uchidan ikkinchi uchiga ip tortib egib, yarim doira shaklida yasalgan, nayza-oʻq solib otiladigan qadimiy ov va jang quroli; yoy, kamon.
-
Afandi yelkasiga kamalakni osib uzoq bir koʻlga gʻoz ovlagani ketdi. Latifalar
-
Ermana polvon kamalagidan devga qarab oʻq uzibdi. Oltin beshik
2. Quyosh nurining yomgʻir, favvora tomchilarida sinishi natijasida havoda turli rangda yarim doira shaklida koʻrinadigan yoʻl; yoy.
-
Daraxtlarning orqasida qizil, koʻk, pushti va zangor chiziqlar bilan tovlanib turgan kamalak koʻrindi. I. Rahim, Ixlos
kamalak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kamalak boʻlmoq
-
Qoshlar uchadi, koʻzlar kuladi, goh chap qoʻl orqa belga oʻtib, oʻng qoʻl qosh ustida kamalak boʻladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Kamalak qilmoq
-
Rais., bir qoʻlini orqasiga qoʻyib, ikkinchi qoʻlini boshi uzra kamalak qilib, ikki-uch yelka qoqdi-da, shunday yoʻgʻon gavdali boʻlishiga qaramasdan, bedanaday yoʻrgʻaladi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
KAMALAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАМАЛАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kamalak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar