kamar
bilan ulashing
1. Kiyim ustidan belga bogʻlanadigan, odatda koʻndan qilinadigan, toʻqali enli tasma; qayish.
-
Soldatcha kamar. Kamar bogʻlamoq.
-
Mingboshi kimxob toʻnining chap barini qayirib, boshmaldogʻini kumush kamarga oʻtkazdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
[Piyoda askarlar] Bellarini qayish kamar bilan bogʻladilar. S. Ayniy, Esdaliklar
-
Pochchayev oʻrnidan turib, serbar kamarini tuzatdi-da, tomoq qirib, oʻzidan xabar berdi. A. Muxtor, Tugʻilish
2. Shim, yubka kabilarning (tushib ketmasligi uchun) tepasidan oʻtkazib bogʻlanadigan (taqiladigan), mato yoki charmdan tayyorlanadigan bogʻ, tasma.
3. koʻchma esk. kt. ayn. Bel I 1, 2.
kamar soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xizmat kamarini bogʻlamoq
Himmat kamarini bogʻlamoq
-
Boyvachcha, ota orzusiga himmat kamarini bogʻlayvering. Oybek, Tanlangan asarlar
1. Suv qirgʻogʻida, jar chetida, tepalik yoki togʻ yonbagʻrida yuvilish, oʻpirilish va shu kabilar natijasida hosil boʻlgan gʻorsimon oʻyiq joy, yoʻl.
-
Akam bilan Togʻkamarga tushib chiqdik. Oʻsha kamar ichi keng: yuz bosh qoʻy soyalashi mumkin. Sh. Xolmirzayev, Ogʻir tosh koʻchsa
-
Qirning oʻrkachi narigi chetda yuksalgan togʻning beliga yetib tugar, undan, togʻ bagʻrini kesgandek boʻlib, kamar ketgan edi. Sh. Xolmirzayev, Qil koʻprik
2. Daryo, ariq kabi oqar suvlarda uning aylanib oqadigan joyi, aylanma harakatli chuqur joyi.
-
Suvonjon tol tagidagi kamarga shoʻngʻib kirib ketardi-da, anchadan keyin baliq bilan chiqib kelardi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Poʻlatjon soʻl oyogʻi bilan suvni shaloplatib, kamardan chiqishga urinar edi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
3. anat. Umurtqali hayvon va odamning ayrim boʻgʻinlarida, oʻzaro tutash ikki suyakning birida boʻladigan yarimshar shaklidagi oʻyiq joy, koʻz.
-
Yelka (qoʻl) kamari.
KAMAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАМАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kamar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar