kambag‘al
bilan ulashing
1. Muhtojlikda yashovchi, tirikchilik uchun kerakli narsasi yetarli boʻlmagan; qashshoq, faqir, bechora.
-
Kambagʻal dehqon. Kambagʻal oila.
-
Kambagʻal yigit endi yorugʻda hamma otlarni ayrim-ayrim koʻzdan kechirdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Oʻquvchilarning qariyb hammasi kambagʻallarning bolalari boʻlgani uchun, Gʻulomjon ota-onalar bilan maslahatlashib, ularga har kun issiq ovqat qildirib berib turdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
2. Yetarli boʻlmagan; kam, yetishmaydigan.
-
Suvga kambagʻal yer. Soʻzga kambagʻal odam.
3. koʻchma s. t. Mushkul yoki ayanchli ahvolga tushib qolgan kishi; shoʻrlik, boyoqish, bechora.
-
Yoʻlchi qachon kelar ekan, kelganda ham nima qilardi, boʻzbola, kambagʻal. Oybek, Tanlangan asarlar
KAMBAG‘AL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАМБАҒАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kambag‘al so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar