yara
bilan ulashing
1. Isteʼmol uchun, ishlatish, foydalanish va shu kabilar uchun mumkin, yaroqli boʻlmoq.
-
Bu suv ichishga yaraydimi? Qurilishga yaraydigan yogʻoch. Bu etiklar kiyishga yaramaydi.
2. Biron ishni bajarishga loyiq boʻlmoq, ishlatishga xizmat qila olmoq.
-
Bu asboblarning koʻpi ishga yaramaydi.
-
Murgʻob otlari qumga yaramaydi Mirmuhsin, Meʼmor
3. Biror ishga yaroqli boʻlmoq, qoʻlidan kelmoq, bajara olmoq.
-
Samovarchilikka yaratyaptimi, axir? A. Qahhor, Asror bobo
-
Qora yigit stolda yotgan bir dasta pul, tilla soatni olib, xotiniga otdi: — Biz bunaqa soat olib berishga yaramaymizmi? S. Ahmad, Saylanma
4. Biror talab, ehtiyoj uchun kerak boʻlmoq; asqatmoq, ish bermoq.
-
Koʻchada yotgan eski taqa, zanglagan mix, shunga oʻxshash balo-battarga koʻzi tushsa, darrov olar edi. Korimga yaraydi bir kun, der ekan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Koʻp boʻlmasa, ozroq boʻlar: roʻzgʻorga, nevaralarga yarab tursa boʻldi-da. S. Nurov, Narvon
-
Yaxshi ham Nazirjon bor ekan, shu bechora kunimga yarab turibdi. S. Ahmad, Hukm
YARA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЯРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yara so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan YARA so‘ziga berilgan ma’nolar
yara so‘ziga yangi izoh qo‘shing