yaramas
bilan ulashing
1. Yaramoq feʼlidan sifatdosh.
-
Boʻynidan boylangan it ovga yaramas. Maqol
2. Axloq-odob, qoida, tartib meʼyorlariga toʻgʻri kelmaydigan; boʻlmagʻur.
-
Kayf taʼsirida shunday yaramas ishlar qilinadiki, terining qalinligiga qaramay, titrashga toʻgʻri keladi. Gazetadan
-
Xoʻsh, tarbiya oʻchogʻida qachongacha bu yaramas holat davom etadi. Mushtum
3. Ishi, feʼl-atvori axloq-odob meʼyorlariga toʻgʻri kelmaydigan; axloqan nobop, buzuq.
-
Shubha-yu bad olish, yaramas kimsalarning fitnasi bizni podsho qahriga giriftor qildi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Hoy, qanaqa yaramas bolasan, tush tomdan. He, axloqsiz! S. Ahmad, Saylanma
4. Shunday xulq, xislatga ega boʻlgan shaxsga nisbatli haqorat uchun qoʻllanadi.
-
Toʻxta, deyapman senga, yaramas! Hozir mushukday derazadan otib yuboraman! S. Siyoyev, Otliq ayol
-
Koʻzimga koʻrinma, yaramas J. Abdullaxonov, Xonadon
YARAMAS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЯРАМАС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
YARAMAS so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingYARAMAS so‘zining antonimlari
Antonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan YARAMAS so‘ziga berilgan ma’nolar
yaramas so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Keyingi 10 ta so‘z
yaramas so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar