ulgurji
bilan ulashing
1. Butun boricha; koʻp miqdorda; koʻtara.
-
Ulgurji savdo. Ulgurji olmoq. Ulgurji sotmoq.
-
Donalab sotdim. Bu yerda ulgurji oladigan kishi yoʻq. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Sotiboldi toʻqilgan savatchalarini ulgurji oladigan baqqoldan yigirma tanga qarz koʻtardi. A. Qahhor, Bemor
2. Katta miqdorda, katta summaga ega; salmoqdor.
-
Ulgurji hosil. Magazinga ulgurji mol keldi.
-
Pulini foydaga qoʻyuvchi sudxoʻr hindlar ulgurji savdoni koʻtardilar. Sh. Toshmatov, Erk qushi
-
Ulgurji narx haqidagi xushxabarni maʼlum mijozlarga yetkazish keyingi yillarda Poshsha xolaning vazifasi boʻlib qolgandi. D. Nuriy, Osmon ustuni
3. Boshdan-oyoq, butunlay.
-
Ulgurji remontdan chiqarmoq.
ulgurji soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ulgurji bozor
ULGURJI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УЛГУРЖИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ulgurji so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar