ulfatchilik
bilan ulashing
1. Ulfatlar yigʻini, ziyofati; ulfatlar davrasi.
-
U mingboshining qaynagʻasi, ulfatchilikda joʻrasi boʻlsa ham, dodxohni hamisha shunday taʼzim bilan hurmatlar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Yosh, kosib koʻndoʻz vaqtlarida oʻz tengi kosiblar qishda, ulfatchilikda undan haligi dostonlarni oʻqitib eshitar edilar. A. Qodiriy, Obid ketmon
2. Umuman, bir yoki undan ortiq kishi bilan birgalikdagi maishatli suhbat, shunday yigʻin.
-
Xudoning bergan kuni shu yerda, ulfatchilikka mukkasidan ketgan, oʻlgudek shirin bola. A. Muxtor, Ona-singillar
-
Alimardon qancha may ichganining, qancha ayollar bilan ulfatchilik qilganining hisobiga yetmadi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
ULFATCHILIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УЛФАТЧИЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ulfatchilik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar