ulfat
bilan ulashing
1. Suhbat, ziyofat va shu kabilarda doimiy birga boʻladigan kishilar birligi, shunday kishilardan iborat boʻladigan yigʻin; ulfatchilik.
-
Mirza sariq qoʻshilgan ulfatdan tezda qutulib chiqish oson boʻlmaydi. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
2. Shunday yigʻin, ulfatchilikning har bir qatnashchisi, aʼzosi (boshqalariga nisbatan); joʻra.
-
Qishning uzun tunlari bu yerda ulfatlar gap yeyishadi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Salimboyvachchaning ulfatlari bu hafta mashhur bir boyvachchaning dalasida toʻplanishlari kerak edi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Umuman, suhbat, ziyofat va shu kabilar uchun toʻplangan (ikki va undan ortiq) shaxslar, ulardan har biri (bir-biriga nisbatan).
-
Boltavoyning yallasiga quloq soladigan ulfatlar choyxonani tark etib, urushga ketgan. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
Qarasa, kabobpaz yigit: Hisob-kitob qiling-u, ulfatingiz bilan daf boʻling, — deb turibdi. Guldasta
4. aynan Ulfati.
-
Xoʻjayin juda ulfat, dilkash odam chiqib qoldi. Men ishlayman, u boʻlsa choy quyib berib oʻtiradi. N. Safarov, Olovli izlar
5. koʻchma Doim birga boʻluvchi narsa; sherik.
-
Bir qalam, oppoq qogʻoz birlan siyoh-don ulfatim. S. Abdulla
-
U mudir boʻlgan kundan buyon aroq bilan ulfat tutinib, bosar-tusarini bilmay yura berdi. Mushtum.
6. Ulfat (erkaklar va xotin-qizlar ismi).
ULFAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УЛФАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ulfat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar