so‘n
bilan ulashing
1. Yonmay, yorugʻ bermay qoʻymoq; oʻchmoq.
-
Uchqun yilt etib soʻndi. Sharq yulduzi
-
Mushakning koʻk, sariq, qizil shuʼlalari tuproq uyumlarini, choyxona tomlarini uzoq yoritib turdi-da, keyin asta soʻndi. S. Ahmad, Ufq
-
Domla soʻna boshlagan gulxanga oʻtin tashlay turib, unga sinovchan qarab qoʻydi-yu, atay yelka uchirdi. M. Mansurov, Yombi
2. Yorugʻlik kuchi, darajasi pasayib, nursizlanib bormoq, xira tortmoq, xiralashmoq.
-
Chekina olmaydi devorda tasvir, Sekin soʻna boshlar devorda quyosh. X. Davron, Qaqnus
-
Derazadan tushib turgan yorugʻlik asta-asta soʻnib, uy ichi qorongʻilashaverdi. S. Ahmad, Hukm
3. koʻchma Dastlabki kuchi, darajasi, shiddati pasaymoq, susaymoq; oʻchmoq.
-
Yurakdagi isyonkor tuygʻular asta-sekin soʻnib, xayolini allaqanday maʼyus oʻylar band etdi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
-
Ilgarigidek yonishlar, talpinishlar, erkalashlar, hayajonlar soʻngandek Mirmuhsin, Umid
4. koʻchma Pasaymoq, kuchsizlanmoq (ovoz, tovush haqida).
-
Olam sukunatini ancha yiroqlashib ketgan poyezdning soʻnib boruvchi taraqa-turugʻidan boʻlak hech narsa buzmasdi. M. Muhamedov, Qahramon izidan
-
Soʻnib qolgan kulgi yana olovlana boshladi. P. Qodirov, Uch ildiz
so‘n soʻzi qatnashgan jumlalar:
Hayoti (yoki umri) soʻnmoq
SO‘N so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СЎН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
so‘n so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar