so‘lg‘in
bilan ulashing
1. Soʻligan, soʻliq.
-
Soʻlgʻin gʻoʻza.
-
Ekinlar tomiriga qon yugurdi. Soʻlgʻin yaproqlar asta jonlana boshladi. J. Abdullaxonov, Toʻfon
-
Saxiy janub quyoshi shitob bilan tik koʻtarildi. Oʻt-alaf ham, gul-chechak ham issiqqa dosh berolmay, soʻlgʻin bosh egdi. S. Abduqahhor, Janubiy nuqtada
2. koʻchma Oʻzini oldirgan, siniqqan, rangi ketgan, quti oʻchgan, soʻliqqan.
-
Soʻlgʻin chehra.
-
Onaning rangi soʻlgʻin, koʻpdan dard chekib, xiyla azob tortgan ayolning yuzlariga oʻxshardi. J. Abdullaxonov, Xonadon
-
Pan-jining koʻzlari qizargan, yuzi soʻlgʻin edi. Yoshlik
3. Fayzini yoʻqotgan, fayz-futurdan ketgan.
-
Sal soʻlgʻin, qalin tutzorlarga kuz hali qoʻl urmagan boʻlsa ham, endi yoz emas edi. Yoshlik
-
Quyosh goh bulutlar orasiga yashirinar, goh birdan soʻlgʻin dalalarni, yalangʻoch teraklarni mayin tovlantirar edi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
so‘lg‘in soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ruhi soʻlgʻin
-
Cholning ruhi soʻlgʻin, koʻzlari ich-ichiga kirib ketgan edi. H. Safarov, Sulton boʻzchining nevaralari
SO‘LG‘IN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СЎЛҒИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
so‘lg‘in so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar