dasta-dasta
bilan ulashing
1. Dastalangan narsaning miqdoran koʻpligi.
-
Gullarim dasta-dasta, Hamon seni kutaman. Mirtemir, Asarlar
-
Ilgarilari hoʻv anovi ayvonda toy-toy paxtalar, qizlarning charxi, dasta-dasta savagʻichlar boʻlardi. X. Toʻxtaboyev, Yillar va yoʻllar
2. Toʻda-toʻda, toʻp-toʻp.
-
Qoʻshin keldi dasta-dasta, Yasov tortdi baland-pastda. Xushkeldi
-
Qoʻshin joʻnar baland-pastda, Saf-saf boʻlib, dasta-dasta. Gulshanbogʻ
3. Ustma-ust taxlab pachkalangan narsaning miqdoran koʻpligi.
-
Dasta-dasta xat. Dasta-dasta pul.
-
Dasta-dasta pulni koʻz oldiga keltirdi-yu, pul topish mana munaqa boʻladi, deb yeng shimarib, mijoz qidirishga tushdi. Gazetadan
4. Ustma-ust qilib terilgan, taxlangan.
-
Tokchalarda dasta-dasta kosalar, piyolalar va choynaklar terilib turardi. S. Zunnunova, Olov
DASTA-DASTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАСТА-ДАСТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan DASTA-DASTA so‘ziga berilgan ma’nolar
dasta-dasta so‘ziga yangi izoh qo‘shing
dasta-dasta so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar