darcha
bilan ulashing
1. Ilgari vaqtlarda deraza vazifasini oʻtagan bir yoki qoʻsh tabaqali eshikcha.
-
Ota darvozaga tamba tirab, qoʻshnining darchasidan oʻtib, koʻchaga chiqdi. S. Nurov, Narvon
-
Toʻtibu Zumradning qoʻlidan xatni tortib olib, darcha tomon yugurdi. S. Zunnunova, Olov
2. Eshik yoki devorga oʻrnatilgan kichkina eshikcha yoki deraza.
-
Koʻpincha yopiq boʻladigan kassa darchasidan yoqimli zarhal nur tushib turadi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Ochiq darchaning yupqa romiga ikki tirsagi bilan tayanib, tashqariga koʻz soldi. A. Muxtor, Asarlar
-
Darchalarga atlas va shoyi pardalar tutilgan. M. Osim, Karvon yoʻllarida
3. koʻchma Foydalanish, kirish imkoni; yoʻl.
-
Dasturxon ustida qizidi suhbat. Ochdi goʻyo birdan fan darchasini. M. Ikrom
-
Qaysi bir odamning baxtiga yorsan, Ochildimi senga tole darchasi? A. Oripov, Yillar armoni
-
Ezgulik darchasin chertmadi bekor, Sokin kechib oʻtdi oʻtu suvidan. Otayor, Oq fasl
darcha soʻzi qatnashgan jumlalar:
Biqinidan, peshonasidan (yoki qulogʻining tagidan) darcha ochib qoʻymoq
-
Hotam shoʻro koʻrib qolsa, naq peshonangdan darcha ochadi. M. M. Doʻst, Lolazor
-
Hozir peshonasidan darcha ochib qoʻyamiz, ana undan keyin hech nima esidan chiqmaydigan boʻladi. A. Koʻchimov, Halqa
DARCHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАРЧА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
darcha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar