dasta
bilan ulashing
1. 1 Turli asboblarning qoʻl bilan ushlanadigan qismi; sop.
-
Bolta dastasi. Pichoq dastasi.
-
Pichoq dastasini qattiq qisganidan, tirnogʻi kaftiga botib ketdi. Yoshlik
-
Dastasi boʻlmasa, qilich ham kesmaydi. Qanotli soʻzlar
-
U kichkina ketmonini yerga qadab, dastasiga oʻtirdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
2. Tutqich, tutqa, qabza.
-
Eshikning dastasi.
-
[
-
Gulnor] Bir qoʻli bilan derazaning dastasini ushladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Bekning chayir qoʻli begona chamadonning dastasini ushlaganicha tinchidi. A. Muxtor, Tugʻilish
-
Chashkaning dastasidan tutib, qora choy ichsa, juda gashtli boʻladi. N. Aminov, Qahqaha
3. Musiqa asbobining tor (ip, sim) tor-tilgan va qoʻl surib, parda bosiladigan qismi.
-
Dutorning dastasi.
4. Keli (oʻgʻir)da narsa oqlashda (tuyishda) ishlatiladigan tutqichli asbob, kelisop.
-
U dadasining qiyin-qistovidan keyin, kelini hovliga opchiqib, zarda bilan dastani toʻqillatib, sholi oqlardi. S. Ahmad, Ufq
-
Azizxon bir gal shunaqa sholi oqlashda dastani shunday kuch bilan urgan ediki, tut toʻnkasidan qilingan keli ikkiga ajralib ketgan edi. S. Ahmad, Ufq
sheva Chillak.
-
Qadimgi mayyalarning kasallangan tishlarini davolashda shifokorlar yogʻoch dastalardan foydalanishgan ekan. Fan va turmush
1. Bir tutam yoki bogʻlam qilib terilgan yoxud bogʻlangan narsa; bogʻ, bogʻlam.
-
Bir dasta piyoz.
-
Bir dasta gul koʻtarib Mamlakat kiradi. S. Zunnunova, Olov
-
Polda bir dasta binafsha sochilib yotardi. Yoshlik.
2. Ustma-ust qilib terilgan, taxlangan yoki taxlab bogʻlangan yoxud qutichaga joylashtirilgan narsa; pachka.
-
Bir dasta kitob. Bir dasta pul.
-
Islomxuja bir dasta tilxatni tez-tez koʻzdan kechirdi. S. Siyoyev, Avaz
-
U menga bir dasta daftar varaqlarini berdi. Yoshlik
-
Bir ozdan soʻng kiyim-kechak taxlanadigan shkafdan bir dasta pul topildi. Mushtum
-
Ahmadning ayasi qoʻlidagi bir dasta chinni kosani tushirib yubordi. Q. Kenja, Togʻ yoʻlida bir oqshom
3. maxs . Ipak qurti pilla oʻrashi uchun soʻkchakka bostiriladigan gʻoʻzapoya va shu kabilar bogʻlami.
-
Kurt dastaga kirar vaqti chimxoʻr boʻlib, sustlab qoladi, bir kun noz uyquni oladi. M. Qoʻshmoqov, Ali Qambar
4. Guruh, ansambl.
-
Sozandalar dastasi bir chirmandachi, bir nogʻorachi, bir surnaychi, bir raqqosa va bitta qoʻgʻirchoqbozdan iborat edi. S. Ayniy, Esdaliklar
5. Toʻp, guruh, otryad.
-
Baʼzan har ikki tomonning ilgʻor dastalari toʻsatdan uchrashib, katta suron bilan oʻq uzishadilar. Oybek, Navoiy
-
Qoʻshin joʻnab baland-pastda, Joʻnay berdi dasta-dasta. Intizor
-
Ming dasta tuzsin, amirning kuni sanoqli. S. Ayniy, Qullar
DASTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАСТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dasta so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar