manba
bilan ulashing
1. geogr. Daryolarning boshlanish joyi.
2. Biror narsa olinadigan, chiqadigan yoki ishlab chiqariladigan joy, qurilma va shu kabilar
-
Xomashyo manbai. Gaz manbalari. Elektr manbai.
-
[Bu yerlar] Shirin-shakar mevalar va qovun-tarvuz makoniga, arpa-bugʻdoy, makka va sabzavot manbaiga aylanadi. S. Karomatov, Soʻnggi barxan
3. koʻchma Biror narsa, ish-harakat va shu kabilarning yuzaga kelishi, faoliyat uchun asos-omil boʻlgan narsa; sabab.
-
Ilmsizlikni nochorlik va noshudlik, alam va sitam, xoʻrlik va baxtsizlik manbai deyishadi. F. Musajonov, Himmat
4. Ilmiy tadqiqot ishlari uchun asos boʻlgan asar, hujjat va shu kabilar
-
Bu [Hindiston safarnomasi] Hindiston bilan Oʻrta Osiyo xalqlari oʻrtasidagi qadimiy aloqalarni oʻrganishda foydali manbadir. Gazetadan
MANBA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАНБА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
manba so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar