maʼnaviy
bilan ulashing
1. Maʼnaviyatga oid, maʼnaviyat, axloq bilan bogʻliq.
-
Maʼnaviy meros. Maʼnaviy qiyofa. Maʼnaviy kamolot.
-
Hayotning soʻqmoqlaridan oʻtishga ojiz, har bir arzimas qiyinchilik oldida esankiraydigan, maʼnaviy qashshoq odam ekanligimni endi bildim. S. Ahmad, Choʻl burguti
-
Oy-bekning qalamiga mansub asarlar allaqachon qardosh xalqlarning maʼnaviy mulkiga aylangan. Gazetadan
2. aynan Maʼnan.
-
Nazarni aybsitishga hech kimning maʼnaviy haqqi yoʻq. E. Usmonov, Yolqin
-
Yoshlar oʻrtasidagi maʼnaviy tubanlashishning asosiy manbalaridan biri Gʻarb-da ishlangan axloq va odobga zid boʻlgan filmlarni koʻrish boʻlib qoldi. E. Yusupov, Istiqlol yoʻlida
maʼnaviy soʻzi qatnashgan jumlalar:
Maʼnaviy zarar
MAʼNAVIY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАЪНАВИЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
maʼnaviy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar