mana
bilan ulashing
1. olm. Soʻzlovchining qoʻlida yoki yaqinida turgan narsani, boʻlayotgan yoki boʻlib oʻtgan voqea, hodisani koʻrsatishda ishlatiladigan soʻz.
-
— Kitobing qani? — Mana, Mana kechagi aytgan oʻrtogʻim.
-
— Mana, bekachim, — dedi kulib Toʻybeka, — Anovi kungi yosh mehmonni senga maqtasam, achchiqlanding, ammo kelib-kelib seni oʻshanga berdilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Mana, ikki oyning ichida yaydoq dala yuzi yam-yashil gʻoʻza nihollari bilan qoplandi. Gazetadan
2. Koʻrsatish olmoshlari oldida kelib, kuchaytiruv va taʼkid bildiradi.
-
Urushga orzumandmisiz, mana bu boyvachcha ukangizni olib joʻnay bering, yoʻl ochiq. Oybek, Tanlangan asarlar
3. yuklama Alohida taʼkid bildiradi.
-
Yigitlarni eltib, toʻppa-toʻgʻri oʻq tagiga haydaydilar, mana, keyin eshitib qolarmiz. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Mana, boshqarma plan boʻlimida uni rosa qizartirishdi. S. Ahmad, Bosh ogʻrigʻi
4. Undov gapda hayrat, kinoya, taajjub kabi maʼnolarni bildiradi.
-
Ana husn-u mana malohat! Mana bamaʼnilik! Mana ilm-u qobiliyat! Mirmuhsin, Meʼmor
MANA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
MANA so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan MANA so‘ziga berilgan ma’nolar
mana so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
mana so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar