dastak
bilan ulashing
1. 1 Turli qurilmalarning richag asosiga qurilgan qismi; richag. Tegirmon qulogʻining dastagi.
2. kam qoʻll. Dasta, sop, tutqa.
-
Uning [beshikning] dastagi-yu yoʻrgʻasi, qasqoni-yu tagbozisi shunchalik mahkam zichlanardiki, oylab toʻxtamay tebratganda ham, biror joyidan gʻiyq etgan tovush chiqmasdi. Yoshlik
3. koʻchma Biror harakat uchun asos, tayanch qilib olingan yoki tayanch boʻlib xizmat qiluvchi narsa (dalil, hujjat, bahona va shu kabilar).
-
Homidning bu gapi unga katta dastak boʻldi. A. Qahhor, Sarob
-
Bu [baliq, ovlash] otaning yana bir tirikchilik dastagidir. H. Gʻulom, Mashʼal
4. Oyoq kiyimining tovonni aylantirib olgan va boshliqqa biriktiriladigan orqa qismi. Etikning dastagi. Kavushning dastagi.
-
Mahkam aka botinkani qoʻliga olib, dastagini kerib berdi. R. Fayziy, Sen yetim emassan
DASTAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАСТАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dastak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar