darz
bilan ulashing
1. Yoriq, yorilgan.
-
Darz oyna. Darz ketmoq.
-
U [
-
choyxonachi] zingʻillab borib, bir choynak choy bilan darz piyolani Alijonning oldiga doʻq etib qoʻyib ketdi. Mirmuhsin, Chiniqish
2. Yorilgan joy; yoriq.
-
Darz boʻlmoq.
-
Ichkaridan qilt etgan tovush eshitilmas, faqat eshik darzidan qingʻir chiroq yorugʻi tushib turar edi. J. Abdullaxonov, Yoʻl
-
kichik darz katta kemaga ham halokat keltiradi. Mirmuhsin, Umid
-
Olimov bu oʻsimliklarning urugʻi shamolda uchib kelib, toshlarning darzlariga joylashishini, undagi namlik va tuzlardan urugʻ oziqlanib oʻsishini tushuntira ketdi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
darz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Darz ketmoq
-
Shu kundan boshlab ularning turmushi darz ketdi. S. Ahmad, Suv oqib ketdi
-
Doʻstlik tori juda nozik boʻladi, salginaga darz ketishi mumkin. Darz ketdimi — tamom. Gazetadan
-
Bino darz ketsa, tuzatsa boʻlarkan. Ayting, ayting, vijdon darz ketmasin ekan. N. Aminov, Qahqaha
DARZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАРЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
darz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar