qarich
bilan ulashing
Yozilgan panjaning bosh barmogʻi uchidan jimjiloqning uchigacha boʻlgan masofa; shu masofaga teng eski uzunlik oʻlchovi.
-
Kiprik ulay qarichday. E. Oxunova.
-
Togʻdan esgan shabada yerdan bir yarim qarich koʻtarilgan gʻoʻzalarning barglarini shivirlatdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Saidiy Salimxonning oʻzidan bir qarich nariga jilishini xohlamaydi. A. Qahhor, Sarob
qarich soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir qarich
-
Shu qizni bir qarichligidan tarbiyalab, yedirib, kiydirib, mana voyaga yetkazdim. N. Safarov, Olovli izlar
-
Xoʻjayinning laychasi-ku, burnini bir qarich koʻtarganiga hayronman. Oybek, Tanlangan asarlar
-
[Kumush] Zaynabning bir kart osilib ketgan qovoq-dudogʻiga istehzolanib, tomosha qilar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Tili bir qarich
-
Hoy, oʻgʻlim! Qilgʻilikni qilib qoʻyib, tagʻin nega tilingni bir qarich qilasan?. Nazir, Bir tup gʻoʻza
-
Tili bir qarich boʻlib, undoq qildim, mundoq qildim, deya koʻkragiga uradi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
QARICH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАРИЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qarich so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar