qarmoq
bilan ulashing
1. Baliq ovlash uchun ipga bogʻlab, suvga tashlanadigan oʻtkir uchli maxsus ilgak; uchiga shunday ilgakli ip bogʻlangan uzun tayoq shaklidagi baliq ovlash asbobi.
-
Yerni qazimasang, oltin chiqmas, Qarmoq solmasang, baliq chiqmas. Maqol
-
Qodir baliqni qarmoqdan chiqarib, maysa ustiga tashladi. E. Usmonov, Yolqin
2. koʻchma Biror kishi yoki narsani qoʻlga olish, ilintirish uchun ishlatiladigan vosita, tadbir, makr va shu kabilar; tuzoq, dom.
-
Birovning qarmogʻiga ilinmoq (tushmoq).
-
Paigʻamov Nusratbekning boshi aylanib, tili kalovlanayotganini sezdi, qarmoq tashlab koʻrdi. S. Nurov, Narvon
-
Toʻsatdan oilada sovuqlik paydo boʻlib qoldi. Bunda yo xotinga biror boshqa erkak qarmoq qoʻydi, yo erga boshqa xotin qoʻl uzatdi. Gazetadan
QARMOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАРМОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qarmoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar