qaror
bilan ulashing
1. Biror ish, masala va shu kabilar yuzasidan qabul qilingan xulosa; amalga oshirish lozim topilgan qatʼiy fikr; ahd, toʻxtam.
-
Ayolning istagi zoʻr, qarori qatʼiy edi. M. Xayrullayev, Tilla marjon
-
[Hasanali:] Men sizni qutidorning qiziga uylantirishga qaror qilib, qarorimni bugun kechasi Ziyo shohichi bilan amalga oshirdim. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Rasmiy organ, tashkilot, majlis, mansabdor shaxs va shu kabilarning biror ish, masala yuzasidan bamaslahat qabul qilgan toʻxtami, hukmi.
-
Transport boʻyicha qabul qilingan barcha qarorlar harakatdagi sostavlardan toʻla va yaxshi foydalanishga qaratilgan. Gazetadan
-
paxtaga bormagan bir bolani institutdan haydashga qaror chiqarishgan Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Bu haqda gap-soʻz boʻlishi mumkin emas. Qarorning loyihasi ham bor. J. Sharipov, Xorazm
3. Osoyishta, bezovta boʻlmagan hol, osoyishtalik; orom.
-
Yosh yurak asta-sekin qarorini yoʻqota bordi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Har dam kuyarman, yodimga tushsang, Bir koʻrmaguncha yoʻqdir qarorim. Muqimiy.
4. kitobiy Turarjoy, toʻxtaydigan joy.
-
Hali munda ne manzilda qaroring? Musofir mehmonim, qaydan boʻlasan? Ravshan
qaror soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qaror bermoq
-
Koʻp oʻylash natijasida Poshsha ham oʻz qarorini berib, darhol ishga kirishgan edi. Choʻlpon, Kecha va kunduz
-
Men oʻz jonim uchun sening hayotingni qurbon qilmaslikka qaror berdim. K. Yashin, Hamza
Qaror qilmoq
-
Nuri fursatni qochirmaslik uchun hiylani ishlatishga qaror qildi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Sharof Rashidov Mirzachoʻlda boʻlganida, qashqadaryolik choʻlquvarlarni ziyorat qilib oʻtishga qaror qildi. Gazetadan
Qarorga kelmoq
-
U Avazdan har ne kutgan, ammo bunchalik qarorga kelar, deb oʻylamagan edi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
Qaror topmoq
-
Siz kabi nodir shaxsni amirlik rutbasi oliysi bilan sarafroz qilmaguncha, koʻnglimiz qaror topmas. Oybek, Navoiy
-
Turmushlari yaxshi boʻlgan joylarda esa qaror topib qolaverganlar. Yo. Xayitov, M. Rahmon, Hayot-mamot
-
Har kim oʻz darajasiga koʻra kar vaqt oʻtiradigan oʻrnida qaror topdi. Oybek, Navoiy
-
Sanʼatda milliy shakl tarixan qaror topdi Gazetadan
-
Koʻp oʻtmay dashtda kam yangicha tartiblar qaror topa boshladi. Gazetadan
Qarori yoʻq
-
Qarorim yoʻq boray desam ;
QAROR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАРОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qaror so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar