qars
bilan ulashing
1. taql. s. Narsalarning bir-biriga qattiq urilishidan, sinishidan va shu kabilardan hosil boʻladigan tovushni bildiradi.
-
U tishida qars etib yongʻoq chaqdi. Shisha qars etib yorilib ketdi. Qars etgan miltiq ovozi eshitildi.
-
Madaminxoʻja dasturxon soldi, non ushatdi, keyin kattakon bir gursketdini keltirib, pichoq tortgan edi, sovun qars etib yorildi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Ot oldinga intildi, tirisha-tirisha aravani koʻprikka olib chiqdi. Lekin shu onda nimadir qars etdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Rais oʻrnidan turib, shofyorni chaqirdi, koʻk Volgaga oʻtirib eshigini qars bekitdi-da, ketdik, dedi shofyorga. E. Rahim, Hayot amri bilan
2. Qarsak, chapak.
-
Qars urmoq.
-
Polvonning rapidadek keng kaftlaridan chiqqan qars— chapak koʻp kishilarning diqqatini jalb etdi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Kishilar qars urib turadilar va meni masxaralagandek qiyqirib, ogʻiz-burunlarini qiyshaytiradilar, lekin men ularga parvo qilmay, oʻyinni davom ettiraman. A. Qodiriy, Jinlar bazmi
qars soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qars ikki qoʻldan chiqadi
-
Barobar uching, faqat barobar uchsangizgina, muhabbat sizga qanot.
-
Qanot juft boʻladi, qars ikki soʻldan chiqadi. A. Muxtor, Qars ikki qoʻldan chiqadi
QARS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАРС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qars so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan QARS so‘ziga berilgan ma’nolar
qars so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar