sahna
bilan ulashing
1. Tomosha koʻrsatiladigan joyda, teatr, kinoteatr, konsert zali va shu kabi tomoshaxonalarda spektakl, kino qoʻyiladigan baland joy.
-
Teatr sahnasi. Sahna darpardasi.
-
Qorongʻilik sekin yorishib, sahnada harir kiyimlarga oʻralgan raqqosa Malak xonim paydo boʻldi. Mirmuhsin, Yoʻqolgan javohir
-
Andijon teatri sahnasi-da Lutfixonim Sarimsoqova ijro etgan rolni birinchi bor koʻrganim hamon esimda. H. Nosirova, Men oʻzbek qiziman
2. Umuman, teatr xizmati, teatrdagi faoliyat.
-
Umrini sahnaga bagʻishlamoq.
-
Uning yoshi ellikdan oshib, dam olish payti yaqinlashsa ham, shu bolalarni boqish, tarbiyalash uchun, ularning kelajagi uchun yana sahnaga qaytdi. Gazetadan
3. koʻchma Badiiy asardagi ayrim qism-voqea, epizod.
-
Uchrashuv sahnasi.
-
— Xoʻsh, toʻy sahnasini yana bir marta takrorlaymiz, — dedi koʻzoynakli rejissyor. Gazetadan
SAHNA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САҲНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sahna so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar