ajal
bilan ulashing
Oʻlim payti, qazo vaqti; oʻlim.
-
Dard boshqa, ajal boshqa. Maqol
-
Qoʻrqqanni ajal quvlar. Maqol
ajal soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oʻz ajali bilan oʻlmoq
-
Gulnorning oʻlimini ular gʻoyat sovuqqonlik bilan qarshilashga urindilar. Ular: — Gulnor oʻz ajali bilan oʻldi. Ajalga davo yoʻq, — deyishdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Ajal(i) yetmoq
-
Qirq yil qirgʻin boʻlsa, ajali yetgan oʻladi. Maqol
-
Ajal yetsa, jon ayri.gar bu tandan. Murodxon
-
Jallodlar zulmida ogʻir kun koʻrdim. Yetmayin ajalim, qutulib qoldim. Rustam
Ajal olsin (yoki tortsin)
Ajalidan besh kun burun
-
Oʻgʻrilar teshib, oldimga chiqqanlarida, nima qilar edim? Men ajalimdan besh kun burun oʻlar edim. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Ajal haydab kelgan ekan (yoki keldi)
-
Ajal haydab keldi gulgun qoshima, Ketmassan qoʻlimdan bu zamon omon. Shirin bilan Shakar
Ajal toʻnini bichmoq
-
Ajal toʻnin bichib, minganman otga. Goʻroʻgʻli
-
Yovga kirmay botir, dushman sanchmaydi, Yov boʻlmayin ajal toʻnin bichmaydi. Yusuf va Ahmad
AJAL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АЖАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ajal so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar